Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya O‘zbekiston va yana 30 mamlakat uchun chegaralarini ochmoqda
18.05.2020 21:07,  
424

Turkiya 20 maydan boshlab yumshatilgan karantin qoidalari doirasida 31 mamlakatdan kelgan tibbiy sayyohlar uchun chegaralarini ochmoqda. Bu haqda mamlakat SSVga tayanib, Anadolu agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekistondan tashqari, Albaniya, Bahrayn, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Gruziya, Iroq, Jazoir, Jibuti, Kosovo, Liviya, Makedoniya, Moldova, Niderlandiya, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Quvayt, Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Somali, Turkmaniston, Ummon, Ukraina, Shimoliy Kipr fuqarolari ham tibbiy turizm uchun Turkiyaga tashrif buyurishlari mumkin. 

Tibbiy sayyohlar eng ko‘pi bilan ikkita hamroh bilan kelishi mumkin. Bemorlar va ularning hamrohlari COVID-19 testidan o‘tgan bo‘lishlari kerak, agar ularning mamlakatida buning imkoni bo‘lmasa, 48 soat ichida u yerda test o‘tkaziladi. Natijalar salbiy, ya’ni koronavirus aniqlanmagan bo‘lishi kerak.

Turkiyaga kelgach, bemorlar shifoxonaga yetkaziladi va u yerdan boshqa hech qayerga chiqishlari mumkin emas. Kasalxonalarning bitta qavati faqat xorijlik bemorlar uchun ajratiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан