Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya, Rossiya, Fransiya va Germaniya Suriyada tinchlikni saqlab qolishga kelishib olishdi
28.10.2018 12:01,  
6

Istanbulda Rossiya, Turkiya, Fransiya va Germaniya rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi.

To‘rt mamlakat vakillari Suriyada siyosiy jarayon faollashganini, konstitutsion qo‘mita ish boshlashi masalalarini muhokama qilishdi. Sammit oldidan Toyyip Erdo‘g‘on, Vladimir Putin, Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazdi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefonda muloqot qildi.

Turkiya bilan Rossiya 17 sentyabrda Suriyaning Idlib viloyatida tinchlik o‘rnatishga kelishib olishgan edi. Bugungi sammitda to‘rt mamlakat rahbarlari o‘rnatilgan ushbu vaqtinchalik tinlikni imkon qadar uzoqqa cho‘zishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sammit to‘rt mamlakat rahbarlari uchrashgan birinchi sammit bo‘ldi. Suriyada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan uchrashuv Usmoniylar imperiyasining so‘nggi sultoni Mahmud Vohididdin VI ga tegishli bo‘lgan “Vohididdin” saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан