Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya Rossiyaga askarlarini yubordi
23.05.2019 14:27,  
15

Turkiya S-400 zenit-raketa tizimlaridan foydalanishni o‘rganish uchun Rossiyaga o‘z harbiylarini jo‘natdi, deb xabar qildi Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar. Bu haqida Millyet nashri xabar qilmoqda.

“Bizning askarlar bugundan boshlab bir necha oy davomida Rossiyada S-400 tizimidan foydalanishni o‘rganishadi. Bu fakt”, - dedi Turkiya Mudofaa vaziri.   

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin AQSh Turkiyaga ultimatum e’lon  qilgan edi. CNBC yozishiga ko‘ra Turkiya 2 hafta ichida S-400 dan voz kechib “Patriot” tizimini xarid qilishi kerak. Aks holda uni “jiddiy oqibatlar” kutmoqda.

Rossiya va Turkiya orasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan 4 komplekt S-400 tizimini yetkazib berish haqida shartnoma 2017 yilning iyul oyida imzolangan edi. Shartnomaga ko‘ra zenit-raketa tizimining birinchi partiyasi Turkiyaga 2019 yilning iyul oyida yetkazib berilishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан