Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya-Suriya mojarosi haqida Tramp: Bu bizning chegaramiz emas
17.10.2019 13:35,  
436

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Suriyaga kirishiga munosabat bildirib “bu bizning chegaramiz emas” dedi va kurdlar haqida “ular ham farishta emas” degan gapni aytdi.

Uning bir necha kun oldin Suriya shimolidagi AQSh askarlarini boshqa hududga ko‘chirish buyrug‘i “Turkiyaning kurd harbiy kuchlariga qarshi hujumiga yashil chiroq yoqish” deya baholangan edi.

Tramp esa Oq uyda muxbirlarga gapira turib AQSh “politsiyachi emasligini” aytdi. “Uyga qaytish vaqtimiz keldi”, dedi u.

Ammo AQSh Kongressidagi quyi – Vakillar palatasidagi ham demokrat, ham respublikachi deputatlar Trampning bu qaroridan norozi bo‘ldi.

Tramp esa Turkiyaning Suriyaga hujumi haqida “Ularning chegarada muammosi bor. Bu bizning chegaramiz emas. Shuning uchun odamlarimizni yo‘qotmasligimiz kerak. Askarlarimiz u yerdan chiqib ketdi. Hozir ular xavfsizlikda. Ular u yerdan tashqarida ham ishlashi mumkin. Buni urushmasdan ham qilsa bo‘ladi”, dedi.

Shuningdek, u Turkiyaning harakatlariga ham munosabat bildirdi: “Biz vaziyatni kuzatyapmiz va Turkiya to‘g‘ri ish qilishiga umidvormiz: urush zudlik bilan to‘xtatilishini istaymiz”.

Tramp kurdlarni “ular farishta emas” deya atagan: “Ular biz bilan (IShIDga qarshi) kurashdi. Biz bilan ittifoqchi bo‘lib urushishi uchun ularga katta pul sarfladik va bu to‘g‘ri bo‘lgandi”.

Kurdiston Ishchi Partiyasi (PKK) haqida esa “ularning ishi terrordan ham yomonroq va terrorchilari Islomiy Davlatdan ham katta xavf tug‘diradi”, degan.

Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya Inson huquqlarini kuzatish markazi xabariga ko‘ra chorshanba kuni rasmiy Suriya va Rossiya harbiy kuchlari Turkiya bilan chegaradagi Kobane shahriga kirgan. Bu kurd harbiy kuchlari va Damashq o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra ro‘y bergan.

BMT ma’lumotlarida yuzaga kelgan mojaro natijasida bir necha tinch fuqaro halok bo‘lgani va 160 000 kishi Suriya shimolini tark etib, qochqinga aylangani haqida aytiladi. Chorshanba kuni BMT Turkiya hukumatiga murojaat qilib, yana bir bor hujumni to‘xtatishga chaqirgan.

Anqara esa hujumni davom ettirishi, kurd harbiylari bilan sulh tuzmasligini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан