Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya Suriya shimoliy-sharqida harbiy operatsiya boshladi
9.10.2019 19:21,  
382

​Turkiya Suriyaning shimoliy-sharqida xavfsiz zona yaratish maqsadida harbiy operatsiya boshladi. Bu haqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

Avvalroq Erdo‘g‘an 6 oktyabr kuni Suriya shimoli-sharqida harbiy amaliyot o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. Bu amaliyot Anqara tomonidan terrorchi guruh sifatida tasniflanuvchi kurdlarning Milliy mudofaa ortyadlariga qarshi qaratilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Anqaraga dahshatli oqibatlar bilan tahdid qildi.

“Avval ham qat’iy ta’kidlaganimdek, hozir ham qaytaraman, agarda Turkiya mening buyuk tengsiz donoligimga muvofiq chegarani kesib o‘tadigan bo‘lsa, men Turkiya iqtisodiyotini avval qilganimdek butunlay yo‘qotib vayron qilaman", - deb yozdi u Twitter᾽da.

Rossiya kurdlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi emas.

“Biz Turkiyaning o‘z xavfsizligini ta’minlash borasidagi harakatlarini bilamiz va bunga yo‘l qo‘yamiz, Suriya hududida yashirinishi mumkin bo‘lgan terroristik elementlarga qarshi kurashish nazarda tutilmoqda. Lekin yana bir bor takrorlayman: birinchi navbatda biz Suriyaning hududiy va siyosiy yaxlitligiga rioya qilish kerakligi haqida gapirmoqdamiz”, - deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан