Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya Suriyadagi harbiy operatsiyasini 120 soatga to‘xtatdi
18.10.2019 01:35,  
495

Kecha, 17 oktyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an AQSh vize-prezidenti Mayk Pensni qabul qildi. Qariyb uch soat davom etgan va epiq eshiklar ortida o‘tgan muzokaradan so‘ng Turkiya Suriyaning shimolida olib borayotgan “Tinchlik bulog‘i” nomli harbiy operatsiya 120 soatga to‘xtatilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar tarqatdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, kurd jangchilarining chegaradan uzoqlashishi uchun 120 soat berildi. Kurdlar og‘ir qurollarini ham olib ketadi, ularning istehkomlari yo‘q qilinadi.

“Biz maqsadimizga erishdik”, – dedi Chavusho‘g‘li.

Anqara Suriyaning shimolida “xavfsiz hudud” deb atayotgan joy barcha terrorchilardan tozalangandan keyingina harbiy operatsiya to‘xtatilishini aytdi.

Harbiy operatsiya butkul to‘xtatilganidan keyin esa AQSh Turkiyaga nisbatan joriy etgan sanksiyalar bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан