Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiya Xalq banki O‘zbekistondagi banklar xususiylashtirilishiga qiziqish bildirdi
29.07.2020 19:51,  
238

Turkiya Xalq banki bosh direktori Osman Arslan hamda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov O‘zbekistonda davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklarini xususiylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar 27 iyul kuni Anqarada tashkil etilgan o‘zbek-turk biznes forumi doirasida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Xususan, "Xalq banki"ning O‘zbekiston tijorat banklari aksiyalarining davlat ulushini xususiylashtirishda ishtirok etishining istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston banklariga kredit liniyalarini ochish masalalari muhokama qilindi.

Xalq banki - 1933 yilda asos solingan davlat banki. Turkiyada aktivlari va filiallari soni (886 ta filiali mavjud) bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi. 2019 yil uchun daromad 13,4 milliard turk lirasini (1,93 milliard dollar) tashkil etdi.

Biznes forum doirasida Bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan yoki bunga qiziqish bildirgan Turkiyaning boshqa kompaniyalari, jumladan "Aksa Enerji" energiya shirkati, "Jengiz Holding" foydali qazilmalar bilan ishlash kompaniyasi va boshqa qator shirkatlar vakillari va rahbarlari bilan uchrashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан