Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada avtobus halokatga uchrashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi
8.08.2021 21:41,  
143

Turkiyaning shimoli - g‘arbi qismida avtobus halokati oqibatida 14 kishi vafot etdi, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda Aksam gazetasi ma’lum qildi.

Mahalliy hukumat bayonotiga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi Balikesirdan Edremitga ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.

Hodisa natijasida 14 kishi halok bo‘ldi, shundan voqea joyida 11 kishi, kasalxonada 3 kishi olamdan o‘tgan. 18 kishi turli darajada jarohat olgan.

«Afsuski, yakshanba kuni soat 04:40 atrofida Balikesir halqa yo‘li bo‘ylab Edremit yo‘nalishida yo‘lovchi avtobusining harakatlanishi natijasida sodir bo‘lgan YTHda 11 nafar fuqarolarimiz voqea joyida vafot etdi. Ulardan 3 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 18 nafari turli darajada jarohatlangan», - deydi Balikesir rasmiylari. 

Aytilishicha, tez yordam va tibbiy guruhlar juda qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelgan va jarohatlanganlar Balikesirdagi shifoxonaga yetkazilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан