Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada ayollar Erdo‘g‘onning qaroriga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi
21.06.2021 08:06,  
470

Istanbulda ayollar mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 1 iyuldan Istanbul konvensiyasidan chiqish qaroriga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Ma’lumot uchun 2011 yilda Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan konvensiya ayollarga nisbatan va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qaratilgan. 2011 yilda Turkiya konvensiyani birinchi bo‘lib imzoladi va unga o‘z poytaxtining nomini berdi. O‘shandan beri Yevropa Ittifoqi bilan bir qatorda 45 mamlakat ushbu konvensiyani imzoladi.

Biroq mart oyida Erdo‘g‘on Turkiyaning konvensiyani ratifikatsiya qilishini bekor qiladigan farmon chiqardi. Mamlakat o‘z a’zoligini rasman 1 iyulda qaytarib oladi.

«Turkiyada odamlar bugungi kunda haqiqatan ham juda zaif holga tushib qolgan huquqlari yanada buzilishi va davlat ularning himoyasiga e’tiborini kamaytirishidan xavotirda», — deyiladi xabarda.

Konvensiya uni imzolagan davlatlardan zo‘ravonlik haqidagi da’volarni tekshirishni va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qiladi. Bundan tashqari, ushbu davlatlar qonunlar va ta’lim orqali gender tengligini ta’minlashga kelishib olgan.

Tanqidchilar konvensiyadan chiqish Turkiyada ayollarga nisbatan qotilliklarning ko‘payishiga olib keladi, degan qo‘rquvda. Kadin Cinayetlerini Durduracagiz Platformu («Biz ayollarga qarshi jinoyatlarni to‘xtatamiz» platformasi) ayollar huquqlarini himoya qilish guruhi tomonidan chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, may oyining o‘zida 17 ta femitsid (ayollarga nisbatan nafrat tufayli ularga qarshi qilingan jinoyat) tasdiqlangan va yana 20 ta gumon qilingan holatlar mavjud. Turkiya hukumati ayollarning o‘ldirilishi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni qayd etib bormaydi.

Avvalroq Turkiya parlamenti konvensiyani ratifikatsiya qilish paytida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilish choralarini ko‘rishga kelishib olgan edi. Ushbu qadamni «Ayollar va demokratiya» uyushmasi ham to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. Erdo‘g‘onning qizi uyushma raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.

Endilikda Erdo‘g‘onning Adolat va taraqqiyot partiyasidagi konservatorlar bu konvensiya aslida Turkiyaning an’anaviy oilaviy tuzilmalariga putur yetkazish orqali zo‘ravonlikni rag‘batlantiradi deb ta’kidlamoqda. Shuningdek, mart oyida Erdo‘g‘on o‘z qarorini oqlab, konvensiyani «gomoseksualizmni normallashtirishda» aybladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан