Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada karantin cheklovlari yengillashtiriladi
16.05.2021 20:29,  
74

Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari kamaygani munosabati bilan 17 maydan keyin lokdaundan bosqichma-bosqich chiqilishini e’lon qildi.

  •   Har kuni  21:00 dan 5:00 gacha komendantlik soatiga amal qilinadi;

 

  •  Dam olish kunlari (shanba, yakshanba kunlari komendantlik soatiga to‘liq amal qilinadi;

 

  •  Dam olish kunlari oziq ovqat, meva-sabzavot, qandolat va go‘sh do‘konlari soat 10:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi;

 

  •   Sayyohlar komendantlik soatiga rioya qilishdan ozod etiladilar;

 

  • Vaqtinchalik yashash xuquqiga (ikamet izni) ega chet elliklar komendantlik soatiga to‘liq rioya qilishlari shartdir;

 

  • Umumiy ovqatlanish muassasalari faqat yetkazib berish va olib ketish rejimlarida faoliyat yuritadi

 

⁃ olib ketish soat 07:00 dan 20:00 gacha;

⁃ yetkazib berish soat 07:00 dan 24:00 gacha;

⁃ Dam olish kunlari faqat yetkazib berish rejimida soat 07:00 dan 24:00 gacha.

 

  •  18 yoshga to‘lmagan bolalarga ko‘chaga chiqish  uchun qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi;

 

  •  Kovid-19ga qarshi vaksinaning ikkala dozasi bilan emlangan 65 yoshdan kattalar cheklovlardan ozod etiladi;
  •  

⁃ Emlanmaganlar esa soat 10:00 dan 14:00 oralig‘ida ko‘chiga chiqishlari mumkin.  

 

  •  18 yoshgacha bo‘lgan va 65 yoshdan katta yoshdagi kishilarga jamoat transportidan foydalanish taqiqlanadi.

 

  • Komendantlik soatidan tashqari Turkiya bo‘ylab shaharlararo sayyohatga (shu jumladan shaxsiy avtoulov bilan ham) ruhsat beriladi;

 

⁃ komendantlik soati paytida sayyoxat qilish uchun faqat Ichki ishlar vazirligining ruxsati bilan E-BAŞVURU tizimi orqali yoki 199 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ruxsatnomaga ega bo‘lish lozim.  

Shuningdek shaharlararo va shahar ichida transportlar faqat 50%ga to‘lgan holda harakatlanadi.  

17 maydan 1 iyunga qadar quydagi jamoat joylari vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmaydi.

Bular;

  •  Barlar, pablar, kafe, restoranlar,
  • Kinoteatrlar,
  • Internet klublari, o‘yin markazlari,
  •  Saunalar, hammomlar va ko‘ngilochar bog‘lar,
  • Sport maydonchalari, basseynlar.  

 

Quydagi muassasalar Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga muvafiq ish kunlari soat 07:00 dan 20:00 ga qadar deb belgilanadi.

Bular;

  • Oziq-ovqat do‘konlari,
  • Go‘zallik va sartarosh xizmatlari,
  • Ofislar,
  • Tikuvchilik va poyafzal ta’mirlash,
  • Savdo markazlari (10:00 dan 20:00 gacha)
  • Bozorlar (soat 07:00 dan 19:00 gacha)
  • Davlat idoralari (soat 10:00 dan 16:00 gacha)

 

Dam olish kunlari supermarket va zarur narsalar toifasiga kiritilmagan tovarlarning chakana savdo tarmoqlarida quydagi mahsulotlarni sotish taqiqlanidi.

Bular ;

  •  spirtli ichimliklar,
  • elektronika,  
  • o‘yinchoqlar,  
  •  ish yuritish buyumlari,  
  •  kiyim-kechak va aksessuarlar,  
  • uy to‘qimachilik buyumlari,  
  • avtomobil aksessuarlari,  
  • bog‘ mahsulotlari,  
  •  idish-tovoq va keramika buyumlari,
  • qurilish va ta’mirlash mahsulotlari.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан