Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada karantin rejimi yumshatildi
5.05.2020 02:32,  
541

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an koronavirus sababli joriy qilingan cheklovlar yengillashtirilishini e’lon qildi. Bu haqida mahalliy Habertürk nashri xabar bermoqda.

Prezident bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 10 may kuni 65 yoshdan kattalar, 13 may kuni 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 15 may kuni esa 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar soat 11dan 15gacha sayr qilishga chiqishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek mamlakatning eng katta shaharlaridan hisoblangan: Antaliya, Erzurum, Malatya, Mersin, Mug‘la, Xatay va Aydinda kirish-chiqishga bo‘lgan taqiqlar olib tashlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 127 659 nafar kishi koronavirusga chalindi. 68 166 bemor shifo topgan bo‘lsa, 3461 kishi vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat 10 martda ma’lum qilingandi, 24 aprelda esa virusga chalinganlar soni 100 mingdan oshgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан