Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi
15.04.2021 00:12,  
371

Turkiyada kunlik COVID-19’ga chalinish holatlari bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan bir sutka ichida Turkiyada koronavirusga chalinishning 59 187 ta yangi holati qayd etilgan, 52 104 kishi ushbu kasallikdan tuzalgan, 273 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan. 

Pandemiya boshlangandan beri Turkiyada koronavirus bilan og‘riganlarning umumiy soni 3,96 million kishiga yetgan, ushbu infeksiyani yuqtirish oqibatida 34 455 kishi vafot etgan. Umumiy hisobda 3,4 million kishi kasallikdan sog‘aygan.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya hozirda koronavirus pandemiyasining eng og‘ir bosqichini boshdan kechirmoqda. Mamlakatda mart oyining oxirida koronavirus qayta avj ola boshladi. Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an 58 ta shaharni COVID-19’ yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan qizil hudud, deya e’lon qildi. Mazkur shaharlarda Turkiya aholisining 80 foizi istiqomat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан