Turkiyada lyuks villaga ega orol sotuvga qo‘yildi

Turkiyada lyuks villaga ega orol sotuvga qo‘yildi

Turkiyaning Mug‘la viloyatidagi dengiz ichida joylashgan Orak oroli sohibi tarafidan sotuvga qo‘yildi. Bu haqida mahalliy Habarturk​ nashri xabar bermoqda.

Mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu koronavirusdan saqlanish maqsadida o‘ziga bir orol sotib olib u yerda karantinda saqlanishi ortidan Turkiyadagi bir necha orol egalari bu vaziyatdan unumli foydalangan holda o‘z orollarini sotuvga qo‘yishgan.

Sotish uchun, Bodrumning (mashhur dam olish maskani) eng chiroyli yerida joylashgan orol sotilmoqda deya internetga e’lon berilgan.

Lyuks villaga ega orolning boshlang‘ich narxi 20 million dollarni tashkil qilmoqda.