Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada mart oyidan karantin cheklovlari yumshatila boshlanadi
18.02.2021 15:32,  
53

Turkiyada mart oyidan boshlab joylardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib koronavirusga qarshi kiritilgan cheklovlar sekin-asta yumshatila boshlanadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.

 

Ayni vaqtda Turkiyada ish kunlari soat 21dan 5gacha hamda juma soat 21dan dushanba soat 5gacha komendantlik soati amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari, niqob taqish va ijtimoiy masofaga amal qilish shart qilib belgilangan. Restoranlar, kafelar, tungi klublar va boshqa ko‘ngilochar joylar yopilgan.

“Koronavirusga qarshi kurash sur’atlari va muvaffaqiyatlarimizni hisobga olib, mart oyidan boshlab sekin-asta cheklovlarni bekor qilishni boshlaymiz. Biz hududlarni to‘rt toifaga – yuqori, qoniqarli, o‘rta va past xavfga ega hududlarga bo‘lib chiqamiz. Bu toifalar bo‘yicha har bir viloyatda dam olish kunlari komendantlik soatini bekor qilishdan boshlab alohida yechimlar qabul qilinadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga. 

Turkiya yetakchisi yaqin kunlarda restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalari ochilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi e’lon qilinishini qo‘shimcha qilgan.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiyada 5,5 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан