Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada mushkul vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi
23.03.2020 14:08,  
420

Koronavirus tufayli Turkiya davlatida mushkul vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi. Bu haqida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibi ma’lum qilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, Turkiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarni qo‘lab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu loyiha orqali Turkiyada bo‘lib turgan fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak beriladi, ularga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy tozalash vositalari yetkazib beriladi.

Buning uchun Turkiyadagi yordamga muhtoj fuqarolardan ism-sharifi, telefon raqami va yashash manzili ko‘ratilgan ma’lumotlarni O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligining  telegram boti @UzbTrBot  va  [email protected] pochta manzili orqali yuborishlari so‘ralmoqda.  

Ayni damda O‘zbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi #birdamlik va #hamjihatlik ijtimoiy ko‘mak loyihasini ishga tushirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан