Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada O‘zbekiston haqida kitob chop etildi
6.05.2019 15:10,  
21

Turkiyaning Radio va Televideniye oliy kengashi (RTÜK​) tomonidan “Milliy Qadriyatlarning Namoyishida Ommaviy Axborot Vositalarining Ahamiyati: O‘zbekiston Misoli (Kültürel Değerlerin Tanıtımında Medyanın Rolü: Özbekistan Örneği)” nomli kitobi chop etildi.

Kitobda, Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘lib o‘tgan RTÜK​ 10-Kelajak Bilan Aloqa Amaliy Mashg‘ulotida O‘zbekiston bilan aloqali mavzularda 25 maqola yer olmoqda. Dunyoning farqli yerlaridan kelib Turkiyada ta’lim olayotgan talabalarning maqolalarida O‘zbekistonning tarixidan tortib madaniyati, turizmidan tortib oshxona madaniyatlariga qadar turli hil mavzular joy olmoqda.

2019 yilning Aprel oyida chop etilgan kitobda RTÜK rahbari Ebubekir Shahin va RTÜK a’zosi Arif Firtinaning taqdimotlari yer olmoqda. RTÜK hodimi Ahmet Akalinning muharrirligi ostida tayyorlangan bu kitobda O‘zbekiston haqida muhim malumotlar yer olmoqda.

Yuqorida takidlangan bu Amaliy Mashg‘ulotga RTÜK va shuningdek Turkiya tashqi ishlar vazirligi, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Turkiyadagi xorijiy turklar va aloqador jamoalar (YTB), Anadolu agentligi (AA), Turkiy dunyo hokimiyatlari uyushmasi (TDBB), O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi, Jahon Tillari Universiteti va O‘zbekiston Xalqaro Matbuot klubi tomonidan qo‘llab- quvvatlandi.

Ruhsora Yusupova

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан