Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada «O‘zbek tili bayrami» nishonlandi (foto)
28.10.2019 11:30,  
549

2019 yil 26-oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Istanbul Tijorat universitetida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi, Turkiyadagi o‘zbekistonlik yoshlar jamiyati tashabbusi bilan O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida “Til – millat ko‘zgusi” shiori ostida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda o‘zbekistonlik yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, o‘qilgan she’r va g‘azallar bayramga tashrif buyurganlarda iliq taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Turkiyadagi o‘zbek talabalari tomonidan tayyorlangan “Andijon polkasi” milliy raqsi hamda ijro etilgan milliy kuy va qo‘shiqlar tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Bayram tadbirini O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili Ergash Jumayev ochib berdi. E.Jumayev tilimizning ahamiyati, hozirda mamlakatimizda olib borilayotgan izchil o‘zgarishlarning natijasi o‘laroq Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda tilimizga berilayotgan ulkan e’tibor haqidagi fikrlarini tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi.

Tantanali ruhda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Agzamho‘jayevning tabriklarini madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha ikkinchi kotib Bobur Togayev o‘qib eshittirdi.

Turkiyaning Karabuk shahrida joylashgan Karabuk Universitetida ta’lim berib kelayotgan Saidbek Boltaboyev tadbir qatnashchilarini tilimizning tarixi, dunyo tillari orasidagi yuqori mavqeyi va tilimizning kelajakdagi o‘rnini yanada oshirish uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqidagi mazmunli ma’ruzasi bilan bahramand qildi.

Shuningdek, bayram tadbirida “Tilga e’tibor – elga e’tibor” nomli insholar tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbek tilining kelajagi biz, yoshlar, qo‘lida!” mavzusidagi insho muallifi Dilnoza Rustamova insholar tanlovining g‘olibi deb topildi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tilimizning 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilingan bayram tadbiri o‘zbek dasturxoni atrofida samimiy suhbat bilan o‘z yakuniga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан