Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada yil boshidan buyon necha nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi
20.10.2019 13:49,  
983

Turkiyaning Istanbul va Anqara shaharlarida 2019 yilning yanvar—sentyabr oylarida turli sabablar bilan 70 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasiga asoslanib, «Kun.uz» xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, ushbu o‘lim holatlarining 14 tasi Anqara konsulligida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 50 dan ortig‘i Istanbuldagi konsullik tomonidan qayd etilgan. Xususan, elchi Alisher A’zamxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, Nodira Qodirovaning o‘limi — 2019 yil hisobidan Anqarada qayd etilgan 14-holat edi.

Turkiyada vafot etgan o‘zbekistonliklarning ayrimlari Turkiyaning o‘zida dafn etilgan bo‘lsa, ba’zilarining jasadi O‘zbekistonga olib kelingan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida Turkiyada sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar haqida muntazam axborot berib kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан