Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
26.06.2019 16:33,  
9

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 22 iyun kuni erta tongda Buyukchekmeje tumanida joylashgan fabrikada yuz bergan yong‘in oqibatida 1981 yil 15 martda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi G‘ofur To‘rayevich Tursunov halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.

“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hozirgi vaqtda marhumning qarindoshlari bilan fuqaromiz jasadini dafn etish uchun O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy masalalar ustida ishlar olib bormoqda”, - deyiladi TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан