Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyada zilziladan 24 soat o‘tib vayronalar ichidagi ona-bola qutqarib qolindi (video)
27.01.2020 15:21,  
216

Shu yilning 24 yanvar kuni Turkiya sharqida kuchli zilzila yuz berishi oqibatida 20 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi va 1000 ga yaqin kishi jarohatlandi.

AFAD ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,8 ballni tashkil qilgan va uning o‘chog‘i 10 km yer ostida bo‘lgan. Zilziladan keyin 2,7 dan 5,4 magnitudagacha 118 ta aftershok qayd qilingan.

Foto: Anadolu

Anadolu agentligida zilziladan so‘ng vayronalar ostida qolib ketgan 35 yoshli ona va uning 2,5 yoshli qizini qutqaruv operatsiyasi namoyish etildi.  Aytilishicha, ona-bola 24 soat davomida beton va devorlar ostida qolgan, qutqaruvchilar yetib kelganida, ular ahvoli yomonlashib, nafas olishi qiyinlashib borayotganini aytishgan.

Shunga qaramay, qutqaruvchilar bir necha soatlik urinishlardan so‘ng qizaloqni, yana to‘rt soatdan so‘ng esa onani qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lishdi.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu zilzila Turkiyada 500 mingga yaqin odamga ta’sir qilgan.

Shuningdek, yer osti silkinishlari Suriya, Livan, Iroq va Eron hududida ham sezilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан