Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyalik tadbirkorlar bilan 7 milliard dollardan ziyod shartnomalar imzolandi
21.02.2020 15:44,  
420

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni Anqara shahrida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi.

MAVZUGA DOIR: «O‘zbekistonga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman» – Prezident turkiyalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), “Gebze” uyushgan sanoat zonasi, “Ziraat” banki, “Zorlu xolding”, “Joshkunoz xolding”, “Ekzachibashi”, “Baykar”, “Dunyagoz”, “Kanimed saglik”, “Bau global”, “Xavelsan” kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti bilan o‘tgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib olinganini ta’kidladi:

- O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman. Buning uchun zarur huquqiy, institutsional sharoitlar yaratib beriladi, — dedi prezident.

MAVZUGA DOIR: Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning eng katta kutubxonasi bilan tanishdi (fotogalereya)

Shu bilan bir qatorda “Ronesans Holding” bilan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, shuningdek, shifoxonalar va savdo markazlarini qurish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

MAVZUGA DOIR: Mirziyoyev va Erdog‘an qanday masalalarni muhokama qilishdi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан