Turkiyani qalqitgan zilzila – Izmirdagi 7 ballik zilziladan fotolavhalar

Turkiyani qalqitgan zilzila – Izmirdagi 7 ballik zilziladan fotolavhalar

Izmirdagi zilzila. 2020 yil 30 oktyabr. Foto: Tuncay Dersinlioglu/Reuters

O‘chog‘i Egey dengizida, Turkiya qirg‘oqlaridan bir necha kilometr uzoqlikda bo‘lgan zilzila natijasida Turkiyada hamda Samos yunon orolida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 800 dan ortiq kishi jarohatlandi. Zilzila tufayli Turkiyaning 3 eng yirik shahri Izmirda bir necha ko‘p qavatli bino qulab tushdi, Seferihisar tumani va Samos orolida kichik sunami kuzatildi.

Turkiyaning Kandili instituti 6,9 balli zilzila mahalliy vaqt bilan 2:51 da (Toshkent vaqti bilan 4:51) da sodir bo‘lganini xabar qildi.

Turkiya Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, zilziladan keyin 400 dan ortiq silkinishlar sodir bo‘ldi.