Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkiyaning 31 viloyatida yana komendantlik soati joriy qilindi
12.05.2020 10:30,  
216

Turkiyaning 31 viloyatida 16-19 may kunlari koronavirus epidemiyasi munosabati bilan to‘rt kunlik komendantlik soati joriy etiladi, dedi Prezident Tayyib Erdog‘an.

Avvalroq komendantlik soatlari 11-12, 18-19, 23-26 aprel, 1-3 va 9-10 may kunlari Turkiyaning 31 viloyatida, shu jumladan Anqara, Istambul va Antaliyada joriy qilingan edi.

"16-19 may kunlari komendantlik soati qaytadan kiritiladi. U shanba kuni soat 0.00 dan boshlanadi va seshanba kuni soat 24.00 gacha davom etadi" dedi Erdog‘an televideniye orqali xalqqa.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiyaning to‘qqiz viloyatida (Adana, Diyorbakir, Mardin, Trabzon, O‘rdu, Dengizli, Qahramonmaras, Shonliurfa, Tekirdog‘) kirish va chiqish taqiqlari bekor qilinmoqda, shu bilan birga ushbu tadqiq 16 viloyatda, jumladan Anqara va Istanbulda ham saqlanmoqda.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda aniqlangan koronavirus holatlari soni kuniga 1,5 mingdan oshdi, 47 bemor vafot etmoqda, tasdiqlangan koronavirus holatlarining umumiy soni 138 mingdan oshdi va 3786 kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан