Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmanboshini «o‘ldirgan» siyosatshunos turkman xalqidan uzr so‘radi
22.07.2019 18:25,  
24

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqargan Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev uzr so‘radi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmaganidan juda mamnunman. Prezidentning qarindoshlari va yaqinlari, shuningdek, Turkmanistonning barcha fuqarolaridan uzr so‘rayman”, — deb yozgan Rubayev o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Shuningdek, u oldinroq olingan ma’lumotlar o‘sha manbaning o‘zi tomonidan inkor etilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayev “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan izohida Berdimuhamedov bir necha kun oldin ta’tilda bo‘lgan vaqtida vafot etganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining vafot etganini Ashxobodda ishlaydigan ishbilarmonlar ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан