Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston chegarasida O‘zbekistondan noqonuniy ravishda qaytayotgan turkmanistonliklar qo‘lga olindi
16.09.2021 15:32,  
252

Turkmanistonning 2160-sonli harbiy qism chegarachilari 4 sentyabr kuni Xo‘jambaz-Tolimarjon uchastkasida turkman-o‘zbek chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki kishini qo‘lga oldi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, «Xronika Turkmenistana» xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1999 va 2001 yillarda tug‘ilgan ikki yigit Turkmanistonning Turkmanobod hamda Kerki shaharlarida tug‘ilgan fuqarolar bo‘lib chiqdi. Ular O‘zbekistonning Qarshi shahrida o‘qishni tamomlagan va uzoq vaqt davomida vataniga qaytolmagan. Chunki koronavirus pandemiyasi tufayli Turkmaniston chegaralarini hatto o‘z fuqarolari uchun ham yopib qo‘ygan.

21 avgust kuni turkmanobodlik yigit oilasidan otasi kasal va og‘ir ahvolda ekani haqida xabar olgan. U vataniga qaytish uchun yordam so‘rab Turkmaniston elchixonasiga uch marta murojaat qilgan, biroq diplomatik missiya xodimlari hech qanday yordam bera olmagan. 29 avgust kuni yigitning otasi vafot etgan. Shundan so‘ng Turkmanobod fuqarosi kerkilik do‘sti bilan birgalikda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga qaror qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olingan shaxslar Kerki shahridagi vaqtinchalik izolyatorda saqlanmoqda. Ular chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblanmoqda.

Iyul oyida Turkmaniston chegarachilari O‘zbekistondan qaytayotgan turkman talabalarini mamlakatga kiritmagani haqida xabar berilgandi.

16 iyul kuni Buxorodan bir guruh talabalar Turkmanistonga mustaqil ravishda qaytishga harakat qilgan. Olti nafar qiz va ikki yigit O‘zbekistonning Olot chegara postidan hech bir to‘siqsiz piyoda o‘tgan. Ammo Forob chegara punktidagi turkman chegarachilari va Migratsiya xizmati ofitseri ularga Turkmanistonga kirishga ruxsat bermagan.

Ishontirishlar, pasportlar, bitiruv diplomlari va insofga chaqirishlar yordam bermagan. Yoshlar orqaga qaytishga majbur bo‘lgan. Xuddi shu kuni umidsizlikka tushgan qizlardan biri o‘z joniga qasd qilishga uringan. Do‘stlari uni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, Turkmanistondagi moliyaviy inqiroz tufayli talabalarning ota-onalarida o‘z farzandlariga pul yuborish imkoniyati ham qolmagan. Turkmanistonlik talabalarning ma’lum qilishicha, ularning ko‘pchiligi kafelarda ofitsiantlik qilish, idish-tovoq yuvish, ovqat yetkazib berish yoki bozorlarda tovar sotish bilan shug‘ullanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан