Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston hukumati fuqarolariga O‘zbekistonga borishini cheklamoqchi. Buning sababi nima?
15.11.2019 17:29,  
3998

“Valyuta olib chiqib ketadigan sayyohlar” oqimini kamaytirish maqsadida Turkmaniston migratsiya xizmati hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat banki fuqarolarga O‘zbekistonga chiqish uchun yangi cheklovlar joriy qilmoqda. Bu haqda mahalliy turkmen.news nashri xabar bermoqda.

Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi Go‘ro‘g‘li ko‘chasi, 50A-uy poytaxt taksichilari uchun “qaynoq” yo‘nalishlaridan biri. Chunki bu yerda O‘zbekiston elchixonasi joylashgan.

Turkman nashri ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning dastlabki olti oyi mobaynida Turkmanistondan 233 mingdan ortiq fuqaro mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Tashrif buyuruvchilarning asosiy maqsadi O‘zbekistondan maishiy iste’mol tovarlarini xarid qilish va mahalliy bankomatlardan naqd pul olish.

Tonggi 7 da elchixonaga kirish uchun 250 nafar kishi navbatga yozilgan. Bu navbat elchixona tashqarisida mahalliy “tadbirkorlar” tomonidan tashkil qilingan. 40-50 manat (tahminan $ 2,5) evaziga ro‘yxatda 150 o‘rindan 5 o‘ringa “ko‘chirib qo‘yishadi”.

Turkmanlar odatda O‘zbekistonga valyuta ayirboshlash uchun kelishadi. Turkman banklari debet kartalarini O‘zbekistonga olib kelishadi va naqd dollarga ayirboshlashadi. Chunki Turkmanistonda dollarning rasmiy kursi 3,5 manat. Bozorda esa 1$ning narxi 19 manatgacha ko‘tarilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat banki xalqaro kartadagi dollarni majburiy tarzda rasmiy kursda manatga almashtiradi. Aholi esa rasmiy va bozor kursi orasidagi farqdan yutish uchun O‘zbekistonga keladi. Eng ko‘p keluvchilar Lebap va Dashoguz viloyatlaridan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан