Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston prezidenti davlat xizmatchilari hammaga o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytib, deputatlar uchun odob-axloq kurslarini tashkil qildi
25.07.2021 17:30,  
92

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining 23 iyul kungi majlisida bosh vazirning ilm-fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport bo‘yicha o‘rinbosari Mammetmirat Geldiniyazov Milliy Kengash (parlament) a’zolari uchun qisqa muddatli kurslar tashkillashtirilishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi «Xronika Turkmenistana».

Qisqa muddatli kurslar Turkmaniston prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasida tashkillashtiriladi, ular davlat buyurtmasi asosida bo‘lib, Milliy Kengash a’zolarining malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan.

Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat xizmatchilarining odob-axloq darajasini oshirish muhimligini qayd etdi, «ular turkman xalqining ma’naviy qadriyatlariga, shu jumladan, o‘zaro hurmat an’analariga rioya qilgan holda, xizmat xulqining barcha me’yorlariga amal qilishi kerak».

«Har bir xizmatchi o‘zida vatanparvarlik, halollik va mas’uliyat kabi fazilatlarni tarbiyalagan holda, o‘rnak ko‘rsatishi kerak», — dedi davlat rahbari.

May oyida Berdimuhamedov Xalq Maslahati a’zolari va Majlis deputatlarining barchasini Davlat xizmati akademiyasida o‘qitib, ularni bo‘lg‘usi faoliyatlari bilan tanishtirishni topshirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан