Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
24.07.2019 11:17,  
18

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi.

Davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mirziyoyev  Turkmaniston rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, joriy yil avgust oyining boshida "Avaza" milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumini o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан