Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston prezidenti Mustaqillik kuni munosabati bilan minglab insonlarni afv etdi
26.09.2018 16:52,  
5

Turkmaniston prezidenti jazo muddatini o‘tayotgan 1722 mahbusni amnistiya qildi. Bundan tashqari 749 kishiga turkman fuqaroligini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning o‘zi hukumat yig‘ilishida bildirdi.

Mazkur ikki farmon Turkmaniston Mustaqillik kuni munosabati bilan qabul qilingan. Bu bayramni turkmanlar 27 sentyabrda nishonlaydilar.

Xabarlarda aytilishicha, 24 sentyabrdan boshlab Ashxabodda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, markaziy ko‘chalar yopildi.

Iyun oyida Hayit munosabati bilan turkman prezidenti 611 mahbusga amnistiya bergani xabar qilingan edi.

Turkmaniston ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarini qattiq nazorat qiluvchi Gurbanguli Berdimuhammedov avtoritar prezident hisoblanadi. U yiliga bir necha marotaba bayramlar munosabati bilan amnistiya e’lon qiladi.

Mazkur amnistiyalardan birortasida siyosiy motivlar bilan ayblanib qamalgan mahbuslar ozodlikka chiqarilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан