Turkmaniston prezidenti qish mavsumida narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi

Turkmaniston prezidenti qish mavsumida narxlarning oshishiga yo‘l qo‘ymaslikni buyurdi

4-noyabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov savdo majmuasini rivojlantirish bo‘yicha ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Turkmaniston bosh vazirining savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Chori Qilichov 2021-yilning o‘n oyi yakunlari bo‘yicha savdo majmuasining ijobiy hisobotini taqdim yetdi. Biroq Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, davlat tomonidan savdo, to‘qimachilik sanoati va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta sarmoya kiritilayotganiga qaramay, foydalanilmayotgan imkoniyatlar hali ko‘p.

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini va yeksportini ko‘paytirish, bozorlarning maqbul uyg‘unlikda ishlashiga yerishish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda davom yetish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Bu ishda iqtisodiy manfaatlardan ko‘ra xalq farovonligi ustuvor bo‘lishi zarur”, – dedi davlat rahbari.

Prezident, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosariga boshqaruvning zamonaviy usullarini o‘rganish va ularni ishlab chiqarishga keng joriy yetish, marketing va menejmentni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Orazmurod Gurbannazarovning ma’lum qilishicha, savdo tuzilmalari tomonidan bozor va do‘konlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun yetarli iste’mol bazasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, mutasaddiga tashqi savdo aylanmasi va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini oshirish, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

To‘qimachilik sanoati vaziri Rasul Rejepovning ijobiy hisobotini yeshitgan Berdimuhamedov ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro sifat va yekologik xavfsizlik standartlariga mos kelishiga alohida ye’tibor qaratishni, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun yesa reklamali axborot ko‘magini ko‘rsatishni buyurdi.

Turkmaniston davlat birjasi, “Turkmenhaly” davlat uyushmasi, Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi rahbarlari hamda Savdo-sanoat palatasi raisi ham ijobiy ma’ruza qildi.

Hisobotlardan so‘ng Gurbanguli Berdimuhamedov o‘tgan yilga nisbatan yeksport 23 foizga, yoqilg‘i-yenergetika resurslarini hisobga olmagan holda yeksport qilingan mahsulot hajmi yesa 48 foizga oshganini aytdi.

Shu bilan birga, davlat rahbari import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar qurishni faollashtirish va Turkmaniston o‘zi ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni xorijdan olib kirishni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Xalqaro betaraflik kuni va Yangi yil bayrami yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan bozorlarni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, bayram savdosini tashkil yetish, mahsulotlar xavfsizligi va ularni xaridorga arzon narxlarda yetkazib berish uchun yesa savdo va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Qish mavsumi yaqinlashmoqda, shu bois mamlakatimiz bozorlari va do‘konlarini, ayniqsa, bayram kunlarida turli tovar va mahsulotlar bilan ta’minlashni qat’iy nazorat qilish, narx-navoning oshishiga o‘l qo‘ymaslik zarur”, — dedi Berdimuhamedov.

Qilichov va To‘qimachilik sanoati vaziri Rejepovga Bobodayxon yetrapi (tuman)dagi to‘qimachilik majmuasini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish buyurildi. Avgust oyida ushbu majmua qurilishi 151 million 800 ming dollarga yakunlangani xabar qilingan.