Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston Prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov viloyat hokimi etib tayinlandi
18.06.2019 18:31,  
43

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Sardorni Axal viloyati – sobiq Ashxobod viloyatiga hokim qilib tayinladi. Bu haqda Turkmaniston Davlat axborot agentligi xabar tarqatdi.

Axal viloyati Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilgandan keyin yuzaga kelgan. Kichik Berdimuhamedov viloyat rahbari etib tayinlangunga qadar 2019 yil yanvar oyidan hokim o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Qayd etilishicha, Shuhrat Amangeldiyev boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan iste’foga chiqqan. Uning aynan qaysi ishga o‘tgani aytilmagan.

Sardor Berdimuhamedov 37 yosh, Qurolli kuchlarning podpolkovnigi hisoblanadi. 2016 yilda u Turmaniston parlamenti deputatligiga saylangan. 2018 yil martida esa mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Sardor 2017 yilda qator davlatlarda yuqori martabali shaxslar bilan uchrashgan, Xususan, Rossiya va Qozog‘istonga qator tashriflarni amalga oshirgan. Unga rasmiy matbuotda “xalq farzandi” deb ataydilar. 

Ma’lumot o‘rnida, Prezident o‘g‘li rahbarlik qiladigan viloyatda 900 ming odam yashaydi. Boshqacha aytganda mamlakat aholisining 14 foizi. Turkmanistonda yetishtirilayotgan 23 foiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 31 foiz sanoat mahsulotlari hamda mamlakatda qazib chiqarilayotgan gazning 43,8 foizi shu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан