Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston ham ikki palatali parlament tizimiga o‘tadi
5.10.2019 16:52,  
149

Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligida mamlakat Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar masalalari yuzasidan Konstitutsiyani o‘zgaritirish va umumlashtirish komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida hukumatning rus tilida yuritiladigan «Neytral Turkmaniston» gazetasiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mamlakat rahbari ushbu komissiyaning maqsadi ikki palatali parlament tuzish, uning huquqlari, majburiyatlari, vakolatlari va vakolat muddatlarini belgilash, shuningdek, uning tashkil etilishini ta’minlashdan iborat, dedi.

Berdimuhamedov Konstitutsiyaviy komissiya ushbu ishni Parlament, Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va tarmoq boshqarmalari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolar bilan yaqin hamkorlikda olib borishi zarurligini ta’kidladi.

«Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijalariga ko‘ra, mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlash va uni Xalq Maslahatining 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritish rejalashtirilmoqda», deb ta’kidladi davlat rahbari.

Konstitutsiyaviy komissiya yig‘ilishida Prezident birinchi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Mejilis (Parlament) raisi Gulshat Mammedova Konstitutsiyaviy komissiya raisi o‘rinbosari etib tayinladi.

Turkmanistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, Mejilis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi vakillik organi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda 2008 yilda tugatilgan Xalq Maslahati - xalq hokimiyati oliy organi ham 2017 yilda qayta tashkil etildi. Ikkinchi yig‘ilishda prezident Mejilis hamda Xalq Maslahatini birlashtirish orqali mamlakatda ikki palatali parlament tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан