Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi kuchaymoqda
18.05.2019 17:44,  
54

Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi boshlangani aytilaëtgan bir paytda¸ mamlakat prezidenti Turkmanistonning bug‘doy eksport qiluvchi davlatga aylangani haqida baënot qildi. “Oltin asr” nashrining ëzishicha¸ prezident Gurbanguli Berdimuhammedov 15 may kuni hukumat majlisida mamlakatda bug‘doydan rekord hosil olingani haqida gapirgan.

Berdimuhammedov shuningdek mamlakatda oziq-ovqat mo‘l-ko‘lchiligi uchun keng ko‘lamli choralar ko‘rilganini ham bildirgan.

Turkman prezidentining bu baënotlari bilan ayni paytda mamlakat bo‘ylab aholiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini kartochka tizimida tarqatish joriy etildi.

Oziq-ovqat taqchilligi ortidan bu mahsulotlar narxi keskin ko‘tarilib ketgan va hukumat non¸ un¸ o‘simlik ëg‘i va tuxumni jon boshiga qarab tarqatishga o‘tdi. Xabarlarga ko‘ra¸ hukumat oila boshiga bir oyda 50 kilogramm un berish tartibini joriy qilgan.

Turkmaniston bozorlarida bir qop un narxi¸ aytilishicha 60 dollar atrofida va bu hukumat do‘konlarida tarqatilaëtgan undan to‘rt baravar qimmatdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан