Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmanistonda turkman alabayi bayrami ta’sis etildi
27.02.2021 09:48,  
214

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Turkman alabayi bayramini belgilash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, bayram har yili aprel oyining so‘nggi yakshanbasida turkman otining milliy bayrami bilan birga nishonlanadi.

Farmonda ko‘rsatilishicha, yangi bayram «turkman alabayining dunyo miqyosidagi shuhratini oshirish, shuningdek milliy itchilikni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida» joriy etildi. Bundan tashqari, «Turkman alabayi bayramini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishini ta’minlash» bo‘yicha topshiriq berildi.

Bir necha yillardan buyon mamlakatda turkman alabayini ommalashtirish bo‘yicha davlat darajasida ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Turkmanistonda davlat rahbarining o‘g‘li boshchiligidagi «Turkman alabayi» xalqaro birlashmasi tashkil etilgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан