Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zgidromet 1-3 may kunlari ayrim hududlarda kuchli shamol va seldan ogohlantirdi
30.04.2020 09:49,  
550

1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy tumanlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

1 mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

2 mayda esa Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

Shuningdek, 30 aprel-3 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан