Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turmushga chiqqan ayol tasodifan o‘zining erkak ekanligini bilib qoldi
12.03.2021 21:46,  
7282

Xitoyda turmush qurgan 25 yoshli ayol to‘pig‘i chiqqanligi uchun shifoxonaga borganida o‘zining erkak ekanligini bilib qoldi. Bu haqda mahalliy «Global Times» nashri xabariga tayanib yozmoqda ’Xabar.uz’.

Gazetaning yozishicha, XXRning sharqiy provinsiyalaridan birida yashovchi Pinpin hayz ko‘rmagan va homilador bo‘lolmagan.

Tekshiruvlar natijasida uning bachadoni va tuxumdonlari yo‘qligi, ayol jinsiy a’zolari rivojlanmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari, Pinpinda erkaklarga xos Y-xromosoma mavjud. Bu uning genetik jihatdan erkak ekanligini anglatadi. Ammo shifokorlar uning tanasida yashirin erkak jinsiy a’zolarini topa olishmagan — ehtimol, ular mutatsiyaga uchragandir.

To‘liq tekshiruvdan so‘ng Pinpinga tug‘ma kasallik tashxisi qo‘yildi. Bunga oilasidagi yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан