Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turoperatorlar va mehmonxonalar uchun 31 dekabrgacha foyda solig‘i 50 foizga kamaytiriladi
29.05.2020 09:54,  
41

Avval xabar qilganimizdek, «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020 yilning 1 iyunidan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi hamda fuqarolariga O‘zbekistonga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar ro‘yxati belgilanib kirish turizmi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

«Yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizmga ruxsat beriladi

Shuningdek, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) uchun:

  • 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 va 2021 yil yakunlari bo‘yicha zararlarni Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish huquqi beriladi;
  • 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

Shuningdek, joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 2021 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан