Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Tuzalishim bilan Rossiyaga qaytaman" – NYT Navalniyning rejalarini ma’lum qildi
15.09.2020 14:52,  
407

The New York Times nashrining yozishicha, rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Germaniya prokuroriga sog‘lig‘i imkon berishi bilanoq Rossiyaga qaytish niyati borligini bildirgan. 

"Navalniy Germaniyada surgun yurishni rejalashtirmayapti. U Rossiyaga qaytib, o‘z ishini davom ettirishni istaydi", - deydi nashr manbasi.

Shu bilan birga, manbaning aytishicha, Navalniy Moskvaning Germaniyadan huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgani sababli Rossiya tomoni bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi.

Ta’kidlanishicha, Navalniy "o‘zining ahvoli, nima bo‘lganligi va qayerdaligini to‘liq biladi".

Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga parvoz paytida kasal bo‘lib qoldi. Samolyot Omsk aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Muxolifatchi koma holatida jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. 22 avgustda u Germaniyaga, Berlindagi Sharite klinikasiga davolanish uchun ko‘chirildi.

2 sentyabr kuni Germaniya rasmiylari Bundesver laboratoriyasiga asoslanib, Navalniyning tanasida Novichok guruhidagi zahar izlari topilganini aytdi. Rossiya hukumati Germaniya tomonidan dalillarni talab qildi.

7 sentyabr kuni Sharite Navalniyni sun’iy komadan chiqib, ahvoli yaxshilanganligi haqida xabar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан