Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«U o‘zi hamma bolalarni uradi». Samarqandda kaltaklangan bog‘cha tarbiyalanuvchisi mudira haqida gapirdi
19.01.2021 14:10,  
372

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasida mudira bog‘cha tarbiyalanuvchisini urgani va holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi to‘g‘risida xabar bergandi.«Zamon» informasion dasturi mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, kaltaklangan bola bilan suhbatlashdi.

Bolaning yuziga shapaloq tortgan bog‘cha mudirasi Rohatoy Ahrorova ushbu holat qasddan uyushtirilganini ta’kidlagan. «Psixolog olgan buni. Qasddan qilingan, uyushtirilgan bu», — deydi mudira.

Qayd etilishicha, 6 yoshli bola zukkoligi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan taqdirlanib kelgan.

«Eng yaxshi bog‘cha opalarim — Shahnoza, Dilya opa. Yomoni esa Rohat opa (mudira — tahririyat). U o‘zi hamma bolalarni uradi», — deydi tarbiyalanuvchi.

Shuningdek, bolaning bobosi ham holatga munosabat bildirgan.

«Men bu kishini kechirmayman. Avval ham bu ishlar bo‘lgan ekan. Biz buni bilmaganmiz. Ertalab, bolam, bog‘chaga borasanmi desak, bormayman dedi. Kecha videosini ko‘rib, asablarim buzilib ketdi», — deydi Murod Mamatqulov.

«She’rlarni yaxshi yodlaydi. Mashg‘ulotlarga ham qatnashadi, lekin biroz to‘polonchiligi bor», — deya qayd etgan tarbiyachi Dilfuza Mahkamova.

Ma’lum bo‘lishicha, avval ham mudiraning ustidan mutasaddi tashkilotlarga shikoyat kelib tushgan. Ammo mudira shikoyat qiluvchilarni turli yo‘llar bilan yengib kelgan. Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda va tez orada mudiraga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан