Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ucell 20 ta saytga bepul kirish muddatini 30 iyungacha uzaytirdi (ro‘yxat)
30.05.2020 12:04,  
883

Koronavirus sababli karantin paytida uyali aloqa operatorlari bir qator saytlarga kirishni bepul qilishgan, keyinchalik bunday resurslar ro‘yxati yana to‘ldirilgan. Ta’limiy internet-resurlarga narxlanmaydigan kirish muddati Ucell abonentlari uchun endi 30 iyungacha uzaytirilmoqda.

Kompaniya xabariga ko‘ra, quyidagi internet-resurslarga narxlanmaydigan kirish 2020 yilning 30 iyunigacha (shu kun ham) uzaytirilgan:

  1. dtm.uz
  2. 5fan.dtm.uz
  3. onlinetest.dtm.uz
  4. nsfla.dtm.uz
  5. online.inha.uz
  6. xanakademiyasi.uz
  7. online-maktab.uz
  8. maktab.uzedu.uz
  9. talim.uzedu.uz
  10. utube.uz
  11. itschool.uz
  12. coronavirus.uz
  13. maktab.piima.uz
  14. ziyonet.uz
  15. tube.edu.uz
  16. dist.edu.uz
  17. mt.edu.uz
  18. pf.bimm.uz
  19. lib.bimm.uz
  20. mt.bimm.uz

Demak, uydan chiqmagan holda ta’lim olish uchun ushbu resurslardan bepul foydalanishni davom ettirish mumkin!

ESLATMA: Yuqoridagi saytlarga kirganda telefoningizdagi zavoddan o‘rnatilgan brauzer orqali kirish tavsiya etiladi.

Keyinchalik o‘zingiz o‘rnatgan boshqa brauzerlar, masalan Opera Mini orqali saytga kirsangiz, megabayt narxlanadi, ya’ni – bu resurslarga kirganingiz uchun pul hisoblanadi (yoki trafik limitingizdan sarflanadi). Shuningdek, saytlarga kirayotganda VPN ishlatmang – bunda ham bepul bo‘lmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан