Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ucell Gulnora Karimova kompaniyaga egalik qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
20.05.2020 19:46,  
364

Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Iman Karimovlarning maktublari tarqalib va muhokama qilindi. Maktubda, xususan, Gulnora Karimova “Ucell” aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan.

“COSCOM” MChJ (“Ucell” savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvchi uyali aloqa operatori) ushbu masala yuzasidan bayonot berdi:

“Maktubda G.Karimova go‘yo “Ucell” aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan. Ikkala bayonot ham mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

2018 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi 215 million dollarga va Telia guruhining COSCOM kompaniyasiga 485 million AQSh dollari miqdorida qarz majburiyatlarini to′lab sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan. 

Shunday qilib, 2018 yil dekabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMʼni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOMʼni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan.

Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi“, deyiladi kompaniya xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан