Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Ucell” kompaniyasi tomonidan abonent hisob raqamidan 97 mln so‘mdan ziyod mablag‘ noqonuniy yechilgan.
22.12.2020 12:31,  
765

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi birgina iste’molchining huquqini himoya qilish orqali (zarar 420 so‘mni tashkil qilgan) “Ucell” kompaniyasi tomonidan 337 975 ta abonentning huquqlari buzilib, ularga jami 97 432 379,33 so‘m zarar yetkazilganligini aniqladi.

ALLAUDDIN TARIXI
1 oktyabrdan boshlab «Ucell» kompaniyasining abonent hisoblaridan 420 so‘mni olib qo‘yishi to‘g‘risida kelgan SMS-xabari iste’molchini taajjubga soldi.Ha, bu miqdor ahamiyatli emas, ammo iste’molchi aniqlik kiritishga qaror qildi – nega? Ta’kidlash muhimki, iste’molchi Ucell abonent «Al-Chiroq» aksiyasi ishtirokchisi, bu tarmoqda atigi 84 so‘mga daqiqalarni, SMS-to‘plamlarni yoki internetning megabaytlari taqdim etiladi. Bu xizmat necha kundan buyon mavjud emasligiga qaramay, pul abonent hisobidan chiqarildi. O‘z navbatida iste’molchi https://pm.gov.uz/ veb-saytida murojaat qoldirishga qaror qildi, uning tafsilotlari Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan o‘rganildi.

420 SO‘MDAN 97,5 MILLIONGAChA
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi mazkur murojaatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish maqsadida “COSCOM” MChJga xat yubordi, natijada quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
1. “Al-chiroq” aksiyasining shartlariga ko‘ra, «Ucell» kompaniyasining ro‘yxatgan o‘tgan abonentlari Kontent-provayderlar tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan “First IT-Group” MChJ mobil dasturda kuniga 1 so‘mdan kunlik abonent to‘lovi evaziga bitta xizmatni olish imkoniyati mavjud va 2020 yil 25 avgustdan boshlab aksiya uchun kunlik abonent to‘lovi esa kuniga 84 so‘mni tashkil etadi.
2. 2020 yil 30 sentyabrda ish jarayonida uskunalarda nosozlik kelib chiqqan bo‘lib, 2020 yilning 5 oktyabrda Kontent-provayder tomonidan nosozlik bartaraf etildi. Mazkur nosozlik tufayli kompaniya abonentlari 2020 yilning 30 sentyabridan 4 oktyabrigacha aksiya shartlarida ko‘zda tutilgan xizmatlardan foydalana olmadilar.
Ushbu masalani o‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, murojaat qilgan iste’molchi, hisobidan noqonuniy mablag‘ yechilgan yagona iste’molchi emas.
Aksiyada 2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha bo‘lgan davrda 337 975 ta abonent qatnashgan, ulardan jami 97 432 379,33 so‘m miqdorida abonent to‘lovi yechib olingan.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, sotuvchi iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan muammoni hal qilish jarayonida tizimdagi (2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha) uskunalar ishlamay qolganligi sababli aksiya doirasida ishtirok eta olmagan 337 975 ta abonentining foydalanilmagan xizmat kunlari uchun mablag‘lari kompaniya tomonidan to‘liq qaytarib berildi va bu 97 432 379,33 so‘mni tashkil etadi "-deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан