Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uch deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi, ular javobgarlikka tortilishi mumkin
26.11.2021 14:08,  
853

Jizzaxda uch nafar deputat daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi. Endi ular javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Bu haqda Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilingan.

Bu bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar hamda xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining «Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha» doimiy komissiyaning tegishli qarorlari inobatga olingan. 

Natijada, 3-«Olomon» saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat M.Abdullayeva, 4-«Qirqqishloq» saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat J.Xidirov va 15-«O‘ray» saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat D.Misirovlar daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi hamda ularning ma’muriy javobgarlikka tortilishiga rozilik berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан