Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uch minginchi Xitoy-Yevropa muntazam yuk poyezdi Urumchidan Toshkentga jo‘nadi (video)
19.03.2020 17:42,  
1005

Urumchidan Toshkentga Xitoy-Yevropa muntazam yuk poyezdi jo‘nadi. Bu doimiy amalga oshiriladigan yuk poyez harakati ochilganidan beri uch minginchi reysdir, deb Chinanews xabar berdi.

Poyezd Urumchi (Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati) yig‘ib-tarqatish markazidan jo‘nadi . Ushbu poyezd 46 ta vagonni o‘z ichiga olgan, deydi nashr.

Mart oyida xaridorlar tomonidan talab yuqori bo‘lgani sababli turli kompaniyalar tovarlarni yetkazib berishni faol tashkillashtirdi va kuniga o‘rtacha hisobda 10 tadan ortiq konteyner yetkazib berildi.

Ungacha markazda 140 tadan ortiq konteyner va 3780 tonna mahsulotlar omborxonada saqlangan edi.

Uch minginchi yuk poyezdi Toshkentga iste’mol mollari, maishiy elektr jihozlari, avto ehtiyot qismlar va kiyim-kechaklarni yetkazib beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан