Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uch nafar sudya navbatdagi muddatga, bir nafari vakolat muddati davriga qayta tayinlandi
28.06.2021 18:26,  
229

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida yana uch nafar sudya navbatdagi muddatga, bir nafari vakolat muddati davriga qayta tayinladi.

Kengash qarori bilan:

Sharofiddin Pulatjonovich Xamrayev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Otabek Mo‘minovich Siddiqov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga;

Mamirjon Kurbanovich Tuychiyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Bayramali Uralboyevich Norov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.

Bundan tashqari Kengash a’zolari sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddati uchun uch nafar nomzodni ko‘rib chiqib, barchasini zaxirada qoldirish, shuningdek, yozma arizasiga binoan hamda sudyalik qasamyodini buzganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tuman sudining sudyasini lavozimidan ozod qilishda haqida ham qaror qabul qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан