Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uch viloyat hokimliklari va IIBlariga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
29.11.2020 11:39,  
2325

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyat hokimliklari tomonidan hududlardagi IIBlarga paxta chigitining boshqa viloyatlarga olib chiqilishini taqiqlash bo‘yicha og‘zaki topshiriq berilgani o‘rganib chiqildi.

Qo‘mita matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, birja savdolarida respublikaning barcha hududlaridagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ushbu chigit mahsulotini sotib olishlari mumkinligi qonunchilik bilan belgilangan bo‘lsa-da hokimliklar chigitni faqatgina ushbu hududdagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olinishi va ushbu hududdan olib chiqib ketmasdan ishlatishi bo‘yicha ko‘rsatma berilmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan barcha viloyatlar hokimliklariga hamda Ichki ishlar vazirligi va vazirlikning viloyat boshqarmalariga bunday harakatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan murojaat qilindi.

Shuningdek, bugungi kunda qo‘mita tomonidan yuqorida tilga olingan viloyatlar hokimliklari hamda Ichki ishlar boshqarmalariga nisbatan tegishli ish qo‘zg‘atgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан