Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uch yurakli bola: Sankt-Peterburgda 11 yoshli bolaga ikkita yurak transplantatsiya qilindi
16.04.2021 09:12,  
291

Sankt-Peterburglik  Rim ismli bolaga 8 yoshida dilatatsion kardiomiopatiya tashxisi qo‘yildi, bu kasallikda yurak mushagi - miokardning ishi buziladi.

Birinchi yurak transplantatsiyasi Hindistonda amalga oshirildi, ammo bir oydan so‘ng tanasi yangi organni rad etdi.

Peterburglik shifokorlar tibbiy markazda ikkinchi operatsiyani o‘tkazdilar.  Jarrohlik amaliyoti 4,5 soat davom etdi.

Oddiy transplantatsiya bilan taqqoslaganda, shifokorlar ushbu operatsiya ikki barobar qiyin bo‘lganligini tan oldi.

Birinchidan, 11 yoshli bolakay hayoti davomida o‘zidan ancha og‘ir vaznda bo‘lgan katta yoshlilardan yurak transplantatsiyasini o‘tkazgan.

Ikkinchidan, bunday protseduralarning har biri mualliflik xususiyatiga ega: umumiy qoidalar mavjud, ammo tomirlarni qanday qilib to‘g‘ri bog‘lash kerak, choklarni nimaga va qayerga qo‘yish kerak, jarrohlik paytining o‘zida qaror qilishga to‘g‘ri keladi.

Ammo hamma narsa amalga oshdi. Romaning ahvoli yaxshi. U bir oydan keyin shifoxonadan chiqariladi. Shifokorlarning aytishicha, kelajakda bola hatto sport bilan ham shug‘ullanishi mumkin. Amalga oshirilgan operatsiya hech qanday cheklovlarga sabab bo‘lmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан