Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uchko‘prik tumanida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga o‘g‘irlikka tushgan shaxslar qo‘lga tushdi
26.01.2022 09:07,  
63

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 4 yanvar kuni A.Z IIBga murojaat qilib, unda 3 yanvar kuni soat 17:30 dan 4 yanvar kuni soat 08:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Qaqir qishlog‘i hududida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ustaxonada bo‘lgan umumiy narxi 3.320.000 so‘mlik avtomashina ehtiyot qismlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Z.O va I.A.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан