Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi uchta universitetda masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi
3.03.2020 10:08,  
360

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

  • masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi,
  • dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;
  • tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, 2020 yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан