Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Uchtepa hokimligi tumanda 3,7 trln so‘mga maktablar emas «siti» qurilishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi
15.10.2021 19:54,  
138

Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tumanda yangi maktab qurish ko‘zda tutilmagani, lekin 3,7 trillion so‘mga «siti» qurilishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «2021—2023 yillarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ygan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, loyihada aholisi tabiiy va ichki migratsiya hisobiga o‘sib borayotgan Uchtepa tumanida birorta yangi davlat maktabini qurish ko‘zda tutilmagan, biroq 2022 yil dekabrga qadar «Uchtepa siti» qurilishi qayd etilgan.

Hokimlikning ma’lum qilinishicha, haqiqaan ham, 2020—2024 yillar davomida Uchtepa tumanida loyiha qiymati 350 million dollarga teng bo‘lgan «Zamonaviy Uchtepa shaharchasi»ni barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha tarkibida, istirohat bog‘i, sport kompleksi, mehmonxonalar bilan bir qatorda ijtimoiy ko‘makga muhtoj aholi uchun bolalar bog‘chasi, maktab va tibbiy klinika loyihalarini amalga oshirish ham belgilangan.

Natijada esa 6500 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, band bo‘lmagan aholi ish bilan ta’minlanadi va daromad manbasiga ega bo‘ladi.

«Eng qizig‘i ushbu shaharchaning qurilishi uchun davlat byudjetidan umuman mablag‘ jalb etilmaydi, balki barcha xarajatlar tashabbuskor tadbirkorlar hisobidan qoplanadi», — deyiladi musobatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан